"Manchester Siti" braziliyalik yulduzi bilan shartnomani uzaytirdi - Nikolo Skira

"Manchester Siti" chap qanot vingeri Savino ingliz klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi, deya xabar berdi insayder Nikolo Skira.
Manbaga ko'ra, 21 yoshli braziliyalikning yangi shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallangan bo'ladi.
O'tgan yili yozda "shaharliklar" uni "Trua"dan 25 million evroga sotib olgan edi. Joriy mavsumda Savio 6 ta o'yinda 1 ta gol urdi.