Bugun, 5 noyabr kuni Chempionlar ligasi-2025/2026 yilgi mavsumi umumiy bosqich 4-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" - "Borussiya" Dortmund uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"Stadionuz" ushbu raqiblar o'rtasidagi so'nggi 5 ta o'yin natijasi bilan tanishishni taklif qiladi.

25.10.2022. Chempionlar ligasi. Borussiya - Manchester Siti - 0:0

14.09.2022. Chempionlar ligasi. Manchester Siti - Borussiya - 2:1

14.04.2021. Chempionlar ligasi. Borussiya - Manchester Siti - 1:2

06.04.2021. Chempionlar ligasi. Manchester Siti - Borussiya - 2:1

04.12.2012. Chempionlar ligasi. Borussiya - Manchester Siti - 1:0.

O'tgan turda inglizlar "Vilyarreal"ni 2:0 hisobida mag'lub etgandi. "Asalarilar" "Kopengagen"ni 4:2 hisobida mag'lub etdi.

Keyingi turda Xosep Gvardiola shogirdlari "Bayer"ga (25 noyabr), Niko Kovach shogirdlari esa "Vilyarreal"ga (25 noyabr) qarshi maydonga tushadi.