Kataloniyaning "Barselona" klubi "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

The Sun xabariga ko'ra, "shaharliklar" kelasi yozda norvegiyalik forvard uchun kamida 100 million evro so'raydi. Kataloniyaliklar agar futbolchi klubdan o'zi ketishni so'rasa, narx pasayishiga ishonmoqda.

25 yoshli yulduz hozirda Transfermarkt tomonidan 180 million evroga baholanmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2034 yil yozigacha mo'ljallangan.