"Manchester Siti" APLda so'nggi 6 ta o'yindan 5 tasida g'alaba qozondi

"Manchester Siti" Angliya chempionatida qatorasiga uchinchi o'yinda g'alaba qozondi.
Pep Gvardiola jamoasi 15-turda "Sanderlend"ni yirik hisobda mag'lub etdi (3:0). Bungacha "Fulxem" (5:4) va "Lids" (3:2) jamoalari mag'lub etilgandi.
Umuman olganda, so'nggi olti turda "shaharliklar" beshta g'alabaga erishdi va har bir o'yinda kamida uchtadan gol urdi.
14 dekabr kuni "Man Siti" safarda "Kristal Pelas" mehmoni bo'ladi.
Kommentariyalar