"Manchester Siti" Angliya terma jamoasi futbolchisi uchun 86,5 million evro to'lashga tayyor

"Manchester Siti" tarkibni kuchaytirish bo'yicha rejalar tuzmoqda. Transfer News Live nashrining Daily Express’ga tayanib xabar berishicha, "shaharliklar" "Nottingem Forest" yarim himoyachisi Elliot Anderson uchun 75 million funt (taxminan 86,5 million evro) taklif tayyorlamoqda. Taklif yozda tushishi mumkin.
Shu bilan birga, "Manchester Siti" katta ehtimol bilan raqobatga duch kelishi ta'kidlanmoqda. 22 yoshli yarim himoyachini "Chelsi" va "Manchester Yunayted" ham kuzatib bormoqda.
Aytish kerakki, sentyabr oyida Elliot Anderson Angliya terma jamoasi safida debyut qilgan edi. O'shandan beri xavbek terma jamoaning barcha to'rtta o'yinida ishtirok etdi.
Anderson 2024 yil boshida "Nottingem Forest"ga o'tdi. U "Nyukasl" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.