«Manchester Siti» klubi Angliya kubogining 3-bosqichida uchinchi ligada ishtirok etuvchi «Ekseter Siti» ustidan yirik g'alabaga erishdi.

«Etixad» stadionida bo'lib o'tgan uchrashuv Xosep Gvardiola jamoasining 10:1 hisobidagi ustunligi bilan yakunlandi.

Shu tariqa, «Manchester Siti» Angliya kubogida o'z maydonidagi ketma-ket g'alabalar bo'yicha «Liverpul»ga tegishli rekordni takrorladi — 16 ta o'yin (2015 yildan beri).

«Liverpul»da mazkur seriya 1939–1955 yillar oralig'ida davom etgan edi.

Manba: sport24.ru