"Manchester Siti" A Seriya yulduziga da'vogarlik qilmoqda

"Atalanta" hujumchisi Ademola Lukman "Manchester Siti" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
27 yoshli futbolchi "Inter"ga o'tishi mumkin edi, ammo milanliklar bergamoliklar bilan kelisha olmadi. Caught Offside nashri tarqatgan xabarga ko'ra nigeriyalik futbolchini endi "Manchester Siti" o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Lukmanning Transfermarkt talqiniga ko'ra, narxi 60 mln evroni tashkil etadi, uning "Atalanta" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.