26 yoshli futbolchi seshanba kuni ertalab tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.

"Siti" "Liverpul" hujumchi Kodi Gakponi qo'yvorishdan bosh tortganidan so'ng Ndiaye bo'yicha ishlarni jadallashtirdi.

Ndiaye 2024 yilda "Marsel"dan "Everton"ga o'tgan edi. U "iriskalar" tarkibida 74 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Avvalroq OAVda "Tottenxem" senegallik hujumchining transferini kelishib olgani haqida xabar berilgan edi.