«Manchester Siti» 53 yil ichida ilk bor Angliya Kubogida «Liverpul»ni engdi

«Manchester Siti» 1973 yildan beri ilk bor Angliya Kubogi doirasida «Liverpul»ni mag'lub etdi. «Shaharliklar» ushbu turnirda 1988, 2001, 2003 va 2022 yillarda «qizillar»ga imkoniyatni boy berishgan edi.
Shanba kuni, 4 aprel kuni Angliya Kubogi 1/4 finalidan o'rin olgan «Manchester Siti» va «Liverpul» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Bahs Manchesterdagi «Etixad» stadionida o'tkazildi. Bosh hakam sifatida Maykl Oliver (Ashington, Angliya) ishladi. O'yin maydon egalarining 4:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Musobaqaning avvalgi bosqichida «Manchester Siti» «Nyukasl Yunayted» ustidan g'alaba qozongan bo'lsa, «Liverpul» «Vulverxempton»ni mag'lub etgan edi. Turnirning amaldagi g'olibi finalda «Manchester Siti»dan (1:0) ustun kelgan «Kristal Pelas» jamoasi hisoblanadi.