«Manchester Siti» 50 million funtlik himoyachi uchun kurashda peshqadam

Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko'ra, «Manchester Siti» yozgi transfer oynasi oldidan «Brentford» himoyachisi Mikael Kayodega bo'lgan qiziqishini oshirdi.
«Siti» rahbariyati ushbu mavsumda Premer-ligada autdan to'pni o'yinga kiritish bo'yicha eng yaxshi mutaxassis sifatida nom qozongan 21 yoshli Kayodening o'sishidan hayratda qolgan. Manbaning qayd etishicha, hatto bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar fonida ham, Kayodening transferi klub uchun ustuvor vazifa bo'lib qolmoqda. Biroq, agar mutaxassis o'z lavozimida qolsa, «shaharliklar»ning futbolchini qo'lga kiritish imkoniyatlari yanada yuqori bo'ladi.
Bundan avval «Manchester Yunayted» va «Nyukasl» ham Kayode uchun kurashda «Manchester Siti»ga qo'shilgani haqida xabar berilgan edi. «Brentford» o'z o'yinchisini 50 million funt sterling (57,5 million evro) ga baholamoqda.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Kayodening bozor qiymati 27 million evroni tashkil etadi.