"Manchester Siti" 2021 yilgi EChL finalidan buyon "Chelsi"ga yutqazmayapti

"Manchester Siti" "Chelsi"dan mag'lubiyatsiz seriyasini 12 o'yinga etkazdi.
Pep Gvardiola jamoasi kecha APLning 20-turida londonliklar bilan durang o'ynadi - 1:1.
"Shaharliklar" so'nggi bor 2021 yilgi Chempionlar Ligasi finalida "ko'klar"ga mag'lub bo'lgandi. O'shandan beri "Man Siti" ushbu qarama-qarshilikda 9 g'alaba va 3 durang qayd etgan.