Manba: Ter Shtegen bugun ham zaxirada qoladi

"Barselona" bugun Ispaniya kubogi 1/32 finalida "Gvadalaxara" mehmoni bo'ladi.
Sport nashrining xabariga ko'ra, kataloniyaliklar darvozasida bu o'yinda Voytsex Shesni asosiy tarkibda maydonga tushadi, Mark-Andre ter Shtegen esa zaxirada qoladi.
Kechagi matbuot anjumanida Xans-Diter Flik Joan Garsiyaga dam berilishini aytgan edi.