Manba: Skalonining yangi shartnomasi JCH-2030’ga qadar amal qiladi

Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Skaloni 2018 yilning yozidan buyon milliy terma jamoani boshqarib kelmoqda. Uning faoliyati davomida terma jamoa JCH-2022’ning oltin medalini qo'lga kiritdi hamda ikki marta Amerika Kubogida g'olib chiqdi. So'nggi JCHda argentinaliklar Skaloni boshchiligida finalgacha yetib borib, u yerda Ispaniya terma jamoasiga imkoniyatni boy berishdi. Skaloni qo'l ostida o'tkazilgan jami 104 ta uchrashuvda jamoa 80 ta g'alaba, 14 ta durang va 10 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Kommentariyalar