Manba: «Real» himoyachisi «Barsa»ga qarshi o'yindan oldingi so'nggi mashg'ulotlarda jarohat oldi

"Real" chap qanot himoyachisi Ferlan Mendi jarohat tufayli yana safdan chiqdi.
30 yoshli futbolchi yaqinda jarohatini davolagan va avvalgi ikki bahsda zaxiradan maydonga tushgan edi, ammo u Ispaniya Superkubogi finali arafasida yana safdan chiqdi. Jurnalist Migel Anxel Diasning ma'lum qilishicha, frantsuz "Barselona"ga qarshi yakshanba kungi o'yinda boldir mushaklaridagi muammolar tufayli maydonga tushmaydi.
"El-klasiko" Toshkent vaqti bilan 23:59 da start oladi.
Ferlan Mendi joriy mavsumda bor yo'g'i 3 marta maydonga tushdi. Mish-mishlarga ko'ra, "Real" futbolchining doimiy sog'lig'i bilan bog'liq muammolar tufayli u bilan xayrlashmoqchi.