Manba: "Nottingem Forest"ning 84 yoshli muxlisi Evropa ligasining "Portu"ga qarshi o'yinidan so'ng vafot etdi

«Nottingem Forest» jamoasining muxlisi Evropa Ligasi chorak finali doirasidagi «Portu»ga qarshi kechgan dastlabki o'yindan (1:1) so'ng vafot etdi. Bu haqda «The Sun» nashri xabar bermoqda.
Uchrashuv «Portu»ning uy stadionida bo'lib o'tgan edi. Ma'lum qilinishicha, marhum muxlis 84 yoshda bo'lgan. Mahalliy OAV xabariga ko'ra, o'lim tabiiy sabablar tufayli yuz bergan. Muxlisning jasadi Portu shahridagi Sud tibbiyoti institutiga etkazilgan.
«Nottingem» va «Portu» jamoalari o'rtasidagi javob uchrashuvi 16 aprel kuni Angliyada bo'lib o'tadi.