Madridning «Real» klubi Joze Mourinoni bosh murabbiy etib tayinlash borasida kelishuvga erishdi. Insayder Sasha Tavolerining xabar berishicha, tomonlar o'rtasidagi kelishuv to'liq yakunlangan va barcha masalalar hal etilgan.

Manbaga ko'ra, Mourinoning «Real» bosh murabbiyi sifatidagi rasmiy tanishtiruvi kelasi haftada bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, Joze Mourino avval ham (2010 yildan 2013 yilgacha) «Qirollik klubi»ni boshqargan. Ushbu davr mobaynida portugaliyalik mutaxassis «Madrid» bilan Ispaniya chempionligi, mamlakat Kubogi va Superkubogida zafar quchgan edi.

Ayni damda Mourino Lissabonning «Benfika» klubini boshqarmoqda. OAV xabarlariga ko'ra, Portugaliya klubi Jozening «Real»ga o'tishiga rozilik bergan.