Manba: Miralem Pyanich faoliyatini yakunladi

Mashhur bosniyalik yarim himoyachi Miralem Pyanich futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqida Tuttomercatoweb xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, 35 yoshli yarim himoyachi deyarli yarim yildan buyon klubsiz yuribdi. U o'tgan mavsumda Moskvaning TsSKA klubida Marko Nikolich qo'l ostida to'p tepgan, shundan so'ng erkin agentga aylangandi.
Pyanich bungacha Evropaning ko'plab mashhur futbol klublarida o'ynagan. Ular orasida "Lion", "Yuventus", "Roma", "Barselona" bor. Yaqin Sharqda - "Sharja"da ham o'ynagan.