Manba: Bastoni «Real»ga «ha» dedi

Joze Mourino yana «Real» bosh murabbiyiga aylanishi kutilmoqda. So'nggi haftalarda matbuotda portugaliyalik mutaxassisning transfer rejalari haqida ko'plab ma'lumotlar paydo bo'lmoqda.
Mourinoning himoya markazini kuchaytirish uchun «Inter» futbolchisi Alessandro Bastonini o'z safiga qo'shib olmoqchi ekani haqida ko'p gapirildi. The Touchline nashrining jurnalist Migel Serranoga tayanib xabar berishicha, 27 yoshli futbolchi «Real»ga o'tishga rozilik bildirgan.
Nufuzli Transfermarkt portali Alessandro Bastonini 70 million evroga baholamoqda. Bu markaziy himoyachi uchun juda yuqori narx hisoblanadi. Eslatib o'tamiz, «Real» Ispaniya chempionatini ikkinchi o'rinda yakunladi.