"Barselona" "Al-Hilol" himoyachisi Joau Kanselu transferini rasmiylashtirishga yaqin turibdi.

Kataloniya klubi futbolchini ijaraga olish bo'yicha muzokaralarda oldinga siljimoqda. Janluka Di Martsioning ma'lum qilishicha, tomonlar bitimni kelishishning yakuniy bosqichida. Qayd etilishicha, Kanseluning o'zi "Inter" qiziqish bildirayotganiga qaramay, "Barselona"ga qaytishni birinchi o'ringa qo'ygan va aynan futbolchining pozitsiyasi hal qiluvchi bo'lgan.

Joriy mavsumda 31 yoshli portugaliyalik 6 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 10 mln evroga baholanmoqda.