"Man Yunayted"ning APL peshqadami bilan orasidagi farq yana oshdi (Turnir jadvali)

"Manchester Yunayted" APL turnir jadvalida 8-o'rinda bormoqda.
Angliya chempionatining 14-turida Ruben Amorim jamoasi "Vest Xem" bilan durang o'ynadi (1:1). Mankunianliklar Premer-liganing joriy mavsumida 22 ochko to'pladi va peshqadam "Arsenal"dan 11 ochko ortda qolmoqda.
Angliyaning amaldagi chempioni "Liverpul" ham 14 turdan keyin 22 ochko jamg'argan. "MYu" o'yinidan keyin Arne Slot jamoasi 9-pog'onaga tushib ketdi.
