"Manchester Yunayted" "Fortaleza" bilan 17 yoshli tayanch yarim himoyachisi Kristian Orosko transferi bo'yicha kelishib oldi, deya xabar berdi Fabritsio Romano.

Manbaga ko'ra, futbolchi bilan shartnoma allaqachon imzolangan va u 2026 yil yozidan kuchga kiradi.

"Fortaleza" transferdan 1 million AQSh dollari ishlab oladi.

2026 yilning 13 iyul kuni futbolchi 18 yoshga to'ladi.