«Man Siti» yo'qotishga uchradi

"Manchester Siti"ning qanot hujumchisi Rayan Sherki Angliya chempionatidan o'rin olgan "Brayton"ga qarshi o'yinda jamoaga yordam bera olmaydi. Bu haqda jurnalist Loik Tanzi xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 22 yoshli frantsuz sonidan olgan jarohati tufayli yaqinlashib kelayotgan uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
"Manchester Siti" yozgi transfer oynasida Sherkini "Lion"dan sotib oldi. U Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida ikkita o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.