"Nottingem Forest" yarim himoyachisi Elliot Anderson "Manchester Siti"ning transfer maqsadi bo'lib turibdi, deb xabar berdi Teamtalk.

Manbaga ko'ra, "shaharliklar" rahbariyati futbolchi uchun kurashda printsipial raqib - "Manchester Yunayted"ni ortda qoldira olishiga ishonmoqda. "Manchester Siti"dagilar chempionlik uchun kurash va Evropa Chempionlar Ligasida muntazam ishtirok etish tufayli o'z klubi futbolchi uchun jozibadorroq bo'lishiga ishonishmoqda.

Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Anderson 19 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 1 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.