"Man Siti" Rodrining jarohatlaridan endi aziyat chekmaydi

Myunxenning "Bavariya" klubida o'ynayotgan 21 yoshli markaziy yarim himoyachi Aleksandr Pavlovich Angliya premer-ligasining top-klubiga o'tishi mumkin.
Bild jurnalistlari xabariga ko'ra, futbolchini "Manchester Siti" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Klub rahbariyati Pavlovichni so'nggi mavsumlarda jarohatlar tufayli qiynalayotgan ispaniyalik Rodri Ernandesga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Aleksandr 2023 yilning noyabridan beri nemis grandi safida to'p tepadi.