«Man Siti» «PSJ» yarim himoyachisi uchun 120 million evro to'lashga tayyor

"Manchester Siti" kelajakda maydon markazida Rodrining o'rnini bosadigan futbolchi qidirmoqda. Transfer News Live’ning Fichajes portaliga tayanib xabar berishicha, "shaharliklar" "PSJ" yarim himoyachisi Joau Nevesh transferi uchun 120 million evro tayyorlamoqda.
Joau Nevesh 2024 yilning yozidan buyon "PSJ" sharafini himoya qilib kelmoqda. Umuman olganda, portugaliyalik parijliklar safida 63 ta rasmiy o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 10 ta gol va sheriklariga 10 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan.
Eslatib o'tamiz, Joau Nevesh "Oltin to'p-2025" reytingida 19-o'rinni egalladi. O'tgan mavsumda u "PSJ" bilan Liga 1, Frantsiya Kubogi, Frantsiya Superkubogi va Chempionlar Ligasida g'olib chiqdi, keyin esa Portugaliyaga Millatlar Ligasi kubogini qo'lga kiritishga yordam berdi.