Mish-mishlarga ko'ra, "Real Madrid" Vinisius Juniorni 2026 yilda sotishi mumkin, uning amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Braziliyalik futbolchi hatto Xabi Alonso bilan yomon munosabatlari tufayli bu transferni so'rashi mumkin.

Premer-liganing barcha top klublari, jumladan, "Manchester Siti" ham Vinisius uchun raqobatlashishi mumkin.

Biroq, Defenca Central nashrining xabariga ko'ra, "shaharliklar" Vinisiusni Erling Xolandga almashtirish variantini ko'rib chiqmaydi.