"Man Siti" futbolchisi borasida bir qarorga keldi

Yarim himoyachi Tijani Reynders yaqin orada "Manchester Siti"ni tark etmaydi.
Sky Sports xabariga ko'ra, klub yarim himoyachiga yangi shartnoma taklif qilishi mumkin. Shunga qaramay, Manchester klubi niderlandiyalik futbolchining o'rnini bosuvchi uzoq muddatli o'yinchi topish uchun transfer bozoriga kirishni rejalashtirmoqda.
Reynders shu yozda "Milan"dan "Manchester Siti"ga 55 million evro evaziga qo'shildi va 2030 yil 30 iyungacha shartnoma imzoladi.