«Man Siti» «Chelsi»ga 17 mln funt to'ladi

Entso Mareska «Manchester Siti» bosh murabbiyi etib tayinlanganidan so'ng, «Chelsi» qancha kompensatsiya olishi ma'lum bo'ldi.
Kecha italiyalik mutaxassis «shaharliklar» bosh murabbiyi lavozimini egalladi.
The Guardian jurnalisti Jeykob Steynbergning xabar berishicha, «Siti» londonliklarga 17 million funt sterling miqdorida kompensatsiya to'lab bergan.
Mareska 2024 yilning iyunidan 2026 yilning yanvariga qadar «Chelsi» klubini boshqargan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar