"Man Siti" "Arsenal"ga qarshi Liga kubogi finali oldidan markaziy himoyada jiddiy yo'qotishga uchradi

«Manchester Siti» markaziy himoyachisi Ruben Diash son sohasidagi jarohati sababli Angliya liga kubogi finalini o'tkazib yuboradi.
«Shaharliklar» bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da final doirasida «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi.
28 yoshli futbolchi seshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida «Real»ga qarshi o'yinda (1:2) tanaffus vaqtida almashtirilgan edi. Bungacha u APLning «Vest Xem»ga qarshi bahsida (1:1) zaxira o'rindig'ida qoldirilgandi.
Shu yilning boshida Diash aynan son qismidagi jarohat tufayli 8 ta o'yinni o'tkazib yuborgan va fevral oyi boshida safga qaytgan edi.
Diashdan tashqari, bugungi bahsda «Siti»ga boshqa himoyachilar — Mark Gexi va Yoshko Gvardiol ham yordam bera olmaydi.