"Man Siti" 8 ta o'yindan iborat g'alabali seriyadan so'ng ketma-ket ikki marta durang o'ynadi

"Manchester Siti" APLda ketma-ket ikki turda ochko yo'qotdi.
Pep Gvardiola jamoasi kecha 20-turda "Chelsi" (1:1) bilan durang o'ynadi. 1 yanvar kuni u "Sanderlend"ni mag'lub eta olmagandi (0:0). Shu bilan birga, 2025 yilning so'nggi sakkizta o'yinida "shaharliklar" barcha turnirlarda g'alaba qozonishgan.
7 yanvar kuni "Man Siti" "Brayton"ni qabul qiladi.