"Man Siti" 70 mln evrolik frantsuz vingerini ko'zladi

"Monako" hujumchisi Magnes Akliushga "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda L'Equipe xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Tottenxem", Leverkuzenning "Bayer" va "Pari Sen-Jermen" klublari ham futbolchining o'yinlarini kuzatib bormoqda, ammo monegaskliklar uning uchun kamida 70 mln evro olishni istamoqda, bu esa potentsial xaridorlarni o'zidan uzoqlashtirmoqda.
Klubning joriy mavsumidagi 19 o'yinda Akliush uchta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining knyazlik klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Bundan tashqari, Magnesning hisobida Frantsiya terma jamoasi safida beshta o'yin va bitta gol bor.