"Man Siti" 1957 yildan beri birinchi marta 4 ta gol o'tkazib yuborib, APL o'yinida g'alaba qozondi

"Manchester Siti" 68 yil ichida ilk bor Angliya chempionatida 4 ta gol o'tkazib yuborib, g'alaba qozondi.
APLning 14-turida Pep Gvardiola jamoasi mehmonda "Fulxem"ni 5:4 hisobida mag'lub etdi.
"Shaharliklar" oxirgi marta 4 ta to'p o'tkazib yuborib g'alaba qozonishni 1957 yil dekabrida uddalagan edi - o'shanda "Manchester Siti" "Sheffild Uensdey"ni 5:4 hisobida enggan edi.