Mamardashvili "Liverpul"dan Ispaniya top-klubiga o'tishi mumkin

Darvozabon Georgiy Mamardashvili yozda klub ro'yxatini o'zgartirishi mumkin. El Chiringuito TV xabariga ko'ra, Madridning «Atletiko» klubi gruziyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga harakat qilishi mumkin. Bu faqat Yan Oblak Madrid klubini tark etgan taqdirda yuz beradi.
Oblakning «Atletiko»dan ketishi borasidagi mish-mishlar anchadan beri yuribdi. 33 yoshli sloveniyalik posbon Saudiya Arabistoni klublaridan biriga yo'l olishi mumkinligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.
Transfermarkt portali mutaxassislari Yan Oblakni 17 million evroga baholamoqdalar. 25 yoshli Georgiy Mamardashviliga kelsak, uning narxi 28 million evroni tashkil etadi. Ushbu mavsumda gruziyalik darvozabon «Liverpul» safida 13 ta o'yinda ishtirok etdi.