"Malorka"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "Real" kiyinish xonasidagi muhit ma'lum bo'ldi

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa "Malorka"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin jamoa kiyinish xonasidagi muhit haqida gapirib berdi.
Ispaniya La Ligasining 30-turidan o'rin olgan uchrashuv 4 aprel kuni bo'lib o'tdi va madridliklarning 1:2 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi. Ushbu o'yindan so'ng "Real" turnir jadvalida peshqadam "Barselona"dan etti ochkoga ortda qolmoqda.
— Mag'lubiyatdan keyingi kiyinish xonasi boshqalaridan hech qanday farq qilmaydi. Ehtimol, bu safargisi og'riqliroq qabul qilinayotgandir, chunki mag'lubiyatga yo'l qo'yib bo'lmaydigan klub mavjud bo'lsa, bu — "Real"dir, — dedi Arbeloa.
"Real" o'zining navbatdagi o'yinini ertaga — Chempionlar Ligasi chorak finalida "Bavariya"ga qarshi o'tkazadi.