Italiyaning "Jenoa" klubi ukrainalik yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiy 2026 yilning yozida klubni tark etadi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.

"Ruslan Malinovskiy kelasi yozda shartnomasi yakunlangach, erkin agent maqomida "Jenoa"ni tark etadi.

U "Jenoa"ning so'nggi to'rtta o'yinida ikkita gol urdi va jamoa formasini yaxshilashda muhim o'yinchiga aylandi.

Ma'lumotlarga qaraganda, so'nggi haftalarda Malinovskiyni A Seriyaning boshqa klublari, jumladan, "Yuventus" va "Inter" ham kuzatib borgan. 32 yoshli futbolchi Italiyada qolishga tayyor", - deb yozadi Jeykobs.

Joriy mavsumda Ruslan Malinovskiy Italiya chempionatida 12 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.