"Latsio" Italiya chempionati 28-turining so'nggi o'yinida "Sassuolo"ni mag'lub etdi. Yaqinda "Latsio"ga qo'shilgan Daniel Maldini birinchi golni urdi. U g'alabadan mamnunligini yashirmadi.

"Juda muhim g'alaba va ajoyib oqshom. Men o'zimni boshqa pozitsiyada sinab ko'rdim va bundan juda zavq oldim. Murabbiy menga ishonadi va men buni his qilyapman", - deya Maldinining so'zlarini keltiradi cittaceleste.it.