Janluiji Buffon Italiya terma jamoasidagi faoliyatiga qaytishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Italiya Futbol federatsiyasi texnik direktori Paolo Maldini afsonaviy darvozabonga mamlakatning barcha terma jamoalari ishini muvofiqlashtiruvchi tizimda etakchi lavozimlardan birini taklif qilmoqchi.

Federatsiya 48 yoshli sobiq darvozabonga taklif qilmoqchi bo'lgan yangi rol uning avvalgi majburiyatlaridan farq qiladi. Yaqin vaqt ichida Maldini ehtimoliy hamkorlikni muhokama qilish uchun Buffon bilan bog'lanadi.

Eslatib o'tamiz, Buffon mart oyida Italiya terma jamoasi JCh-2026 ga chiqish uchun kechgan saralash o'yinlarining finalida Bosniya va Gertsegovinaga mag'lub bo'lganidan so'ng o'z lavozimini tark etgan edi.

Manba: Stadion.uz