Malago Gvardiolani Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlamoqchi

Italiya futbol federatsiyasi prezidentligiga nomzodlardan biri Jovanni Malago Pep Gvardiolani milliy terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ko'rmoqda. Bu haqda La Repubblica nashri xabar bermoqda.
Ushbu lavozimga Massimiliano Allegri nomzodi ham ko'rib chiqilayotgan bo'lsa-da, aynan Gvardiola Malago uchun asosiy maqsad hisoblanadi. Ispaniyalik mutaxassisning «Manchester Siti» bilan shartnomasi yana bir yil davom etadi. Angliyadagi faoliyatini yakunlagach, u tanaffus olishi mumkin, biroq milliy terma jamoadagi ish ehtimoliy murosa sifatida ko'rilmoqda.
Asosiy masala moliyaviy tomonga bog'liq: Gvardiolaning «Manchester Siti»dagi maoshi yiliga taxminan 23 million evroni tashkil qiladi, Italiya terma jamoasining avvalgi murabbiylari esa bundan ancha kam maosh olishgan.
Federatsiya prezidentligi uchun saylovlar 22 iyun kuni bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi qatorasiga uchinchi bor Jahon chempionatidan quruq qolganidan so'ng bosh murabbiysiz va federatsiya rahbariyatisiz qolgan edi.