Shotlandiya banki rasmiy sayti orqali «Napoli» yarim himoyachisi Skott Maktominey tasviri tushirilgan cheklangan miqdordagi banknota chiqarilishini e'lon qildi.

Ushbu banknota futbolchi bilan hamkorlikda va shotlandiyalik rassom-illyustrator Keti Smit tomonidan yaratilgan. U Shotlandiya futbol tarixidagi muhim voqeaga bag'ishlangan.

20 funtlik banknotada Maktomineyning Daniya terma jamoasi darvozasiga JCh-2026 saralashining so'nggi o'yinida qaychi zarba bilan urgan goli tasvirlangan. O'sha gol Shotlandiyaga Jahon chempionati yo'llanmasini ta'minlagan edi.

Manba: sport24.ru