Maktominey futbolchilar talqiniga ko'ra A Seriyaning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Konte eng yaxshi murabbiy, "Napoli" eng yaxshi klub

Italiya futbolchilar assotsiatsiyasi A Seriyaning 2024/25 yilgi mavsumi yakunlari bo'yicha sovrinlarni topshirdi.
"Napoli" yarim himoyachisi Skott Maktominey o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Shuningdek, neapolliklar eng yaxshi klub, jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte esa mavsumning eng yaxshi murabbiyi sovrinini qo'lga kiritdi.
Mavsumning ramziy terma jamoasiga Mile Svilar ("Roma"), Denzel Dyumfris ("Inter"), Amir Rraxmani ("Napoli"), Alessandro Bastoni ("Inter"), Federiko Dimarko ("Inter"), Skott Maktominey ("Napoli"), Nikolo Barella ("Inter"), Tidjani Reynders ("Milan," "Manchester Siti"ga o'tdi), Lautaro Martines ("Inter"), Moyze Kin ("Fiorentina") va Mateo Retegi ("Atalanta," "Al-Kadisiya"ga o'tdi) kiritildi.