Maktominay "Napoli"ning eng ko'p maosh oluvchi kuchli beshlik futbolchilari qatoriga kiradi

"Napoli" klubi o'z etakchilaridan birini saqlab qolishni rejalashtirmoqda va yarim himoyachi Skott Maktominayga 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilmoqchi. Bu haqdagi mish-mishlar bilan Il Mattino nashri bo'lishdi.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, shotlandiyalik xavbek ayni damda "adzurrilar"ning eng ko'p maosh oluvchi 5 nafar futbolchisi qatoriga kirmaydi. Yangi shartnoma imzolanganidan keyin u ushbu kuchli beshlikdan joy oladi.
Eslatib o'tamiz, Maktominay o'tgan mavsum boshlanishidan avval "Napoli" safiga kelib qo'shilgan edi. U neapolliklar bilan birgalikda Antonio Konte boshqaruvi ostida Italiya chempioniga aylandi.