Maksim Shatskix Ukraina milliy jamoasiga yangi murabbiy tanlash murakkabligi haqida fikr bildirdi

«Paxtakor» va «Andijon» klublarining sobiq murabbiyi Maksim Shatskix Ukraina milliy terma jamoasi uchun yangi bosh murabbiy izlash masalasi bo'yicha o'z fikrini bildirdi.
— Yo'q. Men bu savolga javob berishga tayyor emasman. Hatto xayolimda ham «mana shu murabbiyni tayinlash kerak» deb barmoq bilan ko'rsatadigan nom yo'q.
Men deyarli hammasini o'qiyman, hozir terma jamoaga qanchadan-qancha mutaxassislar nomzodi ko'tarilayotganini ko'rib turibman. Ammo bu erda juda ko'p omillarni hisobga olish kerak: mentalitet, ichki futbol “oshxonasi”, mamlakatdagi urush — bularning birortasini ham nazardan chetda qoldirib bo'lmaydi. Umid qilamanki, Ukraina futbol assotsiatsiyasida yuqori darajadagi mutaxassislar bor va ular barcha jihatlarni hisobga olib, to'g'ri qaror qabul qilishadi, — dedi Shatskix.
Eslatib o'tamiz, 22 aprel, chorshanba kuni Sergey Rebrov milliy jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etgani ma'lum bo'lgan edi. Terma jamoani boshqarish uchun asosiy nomzodlar sifatida Miron Markevich, Oleg Lujniy hamda italiyalik mutaxassis Andrea Maldera ko'rilmoqda.