"Atletiko" va Argentina terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Maksi Rodriges Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bir-biriga yaxshiroq bo'lishga yordam berganini aytdi.

- Yashirin savol: Maradona yoki Messi?

- Ularni bir-biriga qiyoslab bo'lmaydi. Leo juda uzoq vaqtdan buyon cho'qqida, bu darajani ushlab qolish juda qiyin.

La Ligada endi hech qachon Messi va Krishtianu kabi qarama-qarshilik bo'lmaydi. Ular bir-birlaridagi eng yaxshi fazilatlarni ochib berishdi. Ular ikkalasi ham o'z davrida eng kuchli edilar.

Davrlar har xil edi: Diegoga ko'proq qo'pollik qilishardi, VAR yo'q edi... Ammo Leoning qilgan ishi futbolda inqilob yasadi", - dedi Rodriges.