Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron milliy terma jamoa o'yinchilari oldiga bordi.

Uchrashuv Frantsiya terma jamoasining Klerfontendagi mashg'ulot bazasida bo'lib o'tdi. Makronga rafiqasi Brijit hamrohlik qildi. Prezident futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan suhbatlashdi, so'ngra ular bilan birgalikda esdalik uchun suratga tushdi.

Frantsiya terma jamoasi Jahon chempionati ishtirokchilari orasida eng qimmatbaho jamoalar reytingida etakchilik qilmoqda. Jamoa Meksika, AQSh va Kanadada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha bo'lib o'tadi.

Guruh bosqichida Frantsiya Norvegiya, Iroq va Senegal terma jamoalari bilan kuch sinashadi.