Makron Frantsiyaning JCh-2026dagi bronza medali uchun kechgan bahsdagi mag'lubiyatdan so'ng Deshamga murojaat qildi

Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron JCh-2026 doirasidagi uchinchi o'rin uchun kechgan bahsdan so'ng mamlakat futbol bo'yicha terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Deshamga murojaat qildi.
«Dide, afsonaviy g'alabalar, kuchli hissiyotlar, ko'p yillar davomida jamoani boshqarib, butun Frantsiyani hayajonga solganing uchun rahmat. O'n to'rt yil — bu Desham davri», — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqlarda.
Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda Frantsiya Angliyaga 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bu o'yin Desham uchun Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi oxirgi uchrashuv bo'ldi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar