Makron Frantsiya va Ispaniya o'rtasidagi JCh-2026 yarim final uchrashuviga tashrif buyurmaydi

Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron Dide Desham shogirdlari Ispaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadigan Jahon chempionati — 2026 yarim final bahsiga borishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Le Parisien nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, ushbu uchrashuv Frantsiyaning milliy bayrami — Bastiliya olingan kunga to'g'ri keladi. Ushbu kunda prezident an'anaviy tarzda Elisey maydonlaridagi harbiy paradda ishtirok etadi.
Biroq, agar Frantsiya terma jamoasi 19 iyul kuni bo'lib o'tadigan finalga yo'llanma olsa, Makron AQShga uchib boradi. Siyosatchi bundan oldingi ikkita hal qiluvchi final uchrashuvlarida (2018 va 2022 yillarda) ham bevosita stadiondan turib jamoani qo'llab-quvvatlagan edi.
Eslatib o'tamiz, Frantsiya terma jamoasi Marokko ustidan qozonilgan g'alaba (2:0) evaziga JCh-2026 yarim finaliga yo'l olgan bo'lsa, ispaniyalik futbolchilar Belgiya to'sig'idan (2:1) muvaffaqiyatli o'tib, ushbu bosqichga yo'llanma olishgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar