Makkarti Ronaldu bilan ishlash haqida: "Nega men "vau"ni his qilishim kerak?"

Benni Makkarti bir necha yil oldin "Manchester Yunayted"da hujumchilar murabbiyi sifatida ishlagan. O'tmishda mashhur bo'lgan futbolchining so'zlariga ko'ra, Krishtianu Ronaldu bilan ishlash uni qo'rqitmagan.
"Hatto Krishtianu Ronaldu - dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri - baribir nimanidir o'rgata oldim, chunki undan uzoqroq yashadim. Xo'sh, nega men "vau"ni his qilishim kerak? Ronaldu bo'lgani uchungina unga qoyil qolish? Yo'q, men u erda nimadir berish uchun edim", - dedi Makkarti Creamer Media nashriga.
Krishtianu Ronaldu 2022 yil oxirida faoliyatida ikkinchi marta "Manchester Yunayted"ni tark etdi.