Makgregor Pakyao - Meyvezer jangida kim yutishini aytdi

37 yoshli irlandiyalik Konor Makgregor afsonaviy bokschilar amerikalik kichik Floyd Meyvezer va filippinlik Menni Pakyao o'rtasidagi revansh jangida g'olibini taxmin qildi.
Eslatib o'tamiz, jang 19 sentyabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadi.
"Floyd uni osongina engadi", - deb yozdi Makgregor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, kichik Floyd Meyvezer va Menni Pakyao o'rtasidagi ilk jang 2015 yilning 2 may kuni Las-Vegasda bo'lib o'tgan edi. Uchrashuv to'liq 12 raund davom etdi va hakamlarning yakdil qarori bilan kichik Meyvezerning g'alabasi bilan yakunlandi.