Makfarleyn Sanchesning holati haqida fikr bildirdi

«Chelsi» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Kalum Makfarleyn jamoaning asosiy darvozaboni Robert Sanches «Manchester Siti»ga qarshi Angliya Kubogi finalida maydonga tusha olishi haqida fikr bildirdi.
«Sanchesning holati? Juda ijobiy. U bu hafta yaxshi mashg'ulot o'tkazdi va biz uning shanba kuni safga qaytishiga umid qilmoqdamiz», — dedi Makfarleyn «Chelsi» rasmiy saytiga.
Eslatib o'tamiz, APL 35-turidan o'rin olgan «Chelsi» — «Nottingem Forest» uchrashuvi davomida «o'rmonchilar» yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uayt bilan Robert Sanches o'rtasida to'qnashuv sodir bo'lgan edi.
Ushbu vaziyatdan keyin ispaniyalik darvozabon almashtirilgan va jarohati sabab «Liverpul»ga qarshi bahsda (1:1) ishtirok eta olmagan.
Manba: www.euro-football.ru