Makfarleyn Alonso tayinlanishi haqida: "Chelsi" har doim eng yaxshilarni jalb qiladi

«Chelsi» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Kalum Makfarleyn Xabi Alonsoning jamoaga yangi ustoz etib tayinlanganiga munosabat bildirdi.
Yakshanba kuni «Chelsi» «Real»ning sobiq bosh murabbiyi tayinlanganini e'lon qildi. Ispaniyalik mutaxassis London klubidagi faoliyatiga 1 iyuldan boshlab kirishadi.
«Men bundan hayratda emasman. Bu buyuk klub. Bizda haqiqatan ham ajoyib va dunyoning eng yaxshilaridan bo'lgan futbolchilar bor deb hisoblayman. Ular omadsiz kechgan mavsumga qaramay, vaqti-vaqti bilan o'zlaridagi yuqori klassni namoyish eta olishdi. «Chelsi» — katta klub va u har doim eng yaxshi futbolchilar hamda top-murabbiylarni o'ziga jalb qilaveradi», — dedi Makfarleyn.